Russian ambassador shot in Ankara, Turkey

Russian Foreign Ministry confirmed that Russian ambassador to Turkey was shot and “seriously wounded” after a gunman stormed into a building where the official was attending a Russian photo exhibition.


“Anqarada ommaviy tadbir chog‘ida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Natijada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi o‘qdan jarohat oldi”, — dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova jurnalistlarga.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, hozirda Karlovga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilmoqda va avvalroq xabar qilinganidek, mahalliy shifoxonaga yetkazilmagan.

Elchi Andrey Karlov “Rossiya turklar nigohida” ko‘rgazmasi ochilishida nutq so‘zlamoqchi bo‘lganida jarohat oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatchining o‘qotar qurol ko‘targanini aks ettiruvchi suratlar tobora ko‘proq tarqalmoqda. Foydalanuvchilar, shuningdek, Rossiya elchisining otib tashlanganidan keyin yerda yotgani tasvirlangan suratlarni ham joylashtirmoqda.

Jinoyatchi kostyum va galstuk taqqan, hujum paytida “Allohu Akbar” (arabcha “Alloh buyukdir”) deb baqirdi, deb xabar bermoqda “AP” o‘z fotosuratchisiga tayanib.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi rus tilida ham bir nechta so'zlarni aytgan va ko'rgazmadagi bir nechta fotosuratlarga zarar yetkazgan.

Turkiyaning NTV telekanali xabar berishicha, elchiga qilingan hujumda yana uch kishi jarohatlangan.

Hujumchi Turkiya maxsus kuchlari tomonidan o‘ldirilgan, deb xabar bermoqda Turkiyaning Anadolu agentligi. Rossiyaning “Interfaks” agentligi turk harbiylaridagi manbasiga tayanib, qurolli shaxs zararsizlantirilganini ham tasdiqlaydi.

Hurriyet gazetasining o‘z muxbiriga tayanib yozishicha, jinoyatchi Karlovni nishonga olishdan oldin havoga ham ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Nashrning yozishicha, maxsus kuchlar hujum sodir etilgan binoni qurshab olgan va qurollangan shaxsni qidirmoqda.

Guvohlarning aytishicha, politsiya hujumchi bilan otishmada.

Leave a Comment